Jamiyat bugungi kunda

Print

"Namangan Dori-Darmon" aktsiyadorlik jamiyati Respublika Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va shular asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika «Dori-Darmon» aktsiyadorlik kompaniyasining buyruq va farmoyish hamda ko‘rsatmalarini bajarib, Namangan viloyati aholisini va davolash-profilaktika muassasalarini keng assortimentdagi maqbul narxlardagi sifatli dori-darmonlar, immunobiologik preparatlar, kimyoviy reaktivlar va tibbiy vositalar bilan ta'minlash hamda Dorixonalarni xalqaro andozalarda jixozlash, mahalliy va xorijiy aloqalarni mustaxkamlash borasida ish yuritayotgan korxonalardan biri bo‘lib, bu borada jamiyat xodimlari faol xizmat qilib kelishmoqdalar.

      Jamiyatning barcha bo‘lim va shaxobchalari tomonidan aholiga belgilangan tartibda savdo xizmati ko‘rsatilmoqda. Jamiyat savdo faoliyatida ko‘radigan daromadi hisobiga, aholi salomatligini ta‘minlash, jamiyat faoliyatini yanada rivojlantirish, hamda o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar sotib olish, dorixonalarni zamonaviylashtirish, mijozlar uchun qo‘shimcha shart sharoitlar yaratish jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri.
       Hozirgi kunda "Namangan Dori-Darmon" aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan bo‘lib, 2014-yil 9-senyatbrdagi №7402-sonli davlat ro‘yxatidagi o‘tgan Guvoxnomaga, 2014 yil 19 avgustdagi №8403-sonli o‘z Nizomiga ega va shu Nizom asosida ish olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda viloyatimizda 1 ta dorixonalar ombori, 1 ta nazorat taxlil labaratoriyasi, 11 ta markaziy dorixona, 98 ta dorixona shaxobchalari, 8 ta ko‘chma dorixona (Damas avtomobili) va 8 ta ijtimoiy dorixona mavjud. Ularda 200 ga yaqin malakali ishchi-xodimlar xizmat qilmoqdalar. Shuningdek, yuzlab xususiy dorixonalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Jamiyat bugungi kunda o‘z ish rejalariga, o‘z g‘oyalariga va biznes rejalariga ega.

 

Топ рейтинг www.uz            

Adress: 160100,Namangan region, The city of Namangan, Street Usman Nosir, 12.
Phone: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32

E-mail:namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz

Responsible for Information Service website: Marufkhonov Mirjalol Phone: +99893 915-75-46 

Joint-stock company "Namangan Dori-Darmon" At full or partial use and citing of materials published on this site,
a link to the official site of JSC "Namangan Dori-Darmon" is obligatory.