2015-yil 13-iyun kuni "Namangan Dori-Darmon" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Chop kilish
13.06.2015 дя яратилган

 

         2015-yil 13-iyun kuni "Namangan Dori-Darmon"  AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.

         Kun tartibiga “Namangan Dori-Darmon” AJni boshqarish tuzilmasini tasdiqlash masalasi qo'yildi.

         “Namangan Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini Kuzatuv kengashi raisi S.Gapparov olib bordi.

         Ishchi rayosatiga Respublika “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasidan I.J.Razakov, boshqaruv raisi R.Qosimovlar saylandilar. Shuningdek, yig'ilish kun tartibidagi masalaga aksiyadorlarning ovoz berish natijalarini aniqlash maqsadida sanoq komissiyasi tarkibi, yig'ilishda ko'riladigan masalani bayonlashtirish uchun kotiba etib G. Akramxanova saylandi. Yig'ilish kun tartibidagi masala uchun reglament belgilandi.

         Shundan so'ng yig'ilish kun tartibdagi masala yuzasidan S.Gapparov yig'ilish qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PF4720-sonli farmonida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo'lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilash, jumladan; 
        - xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investisiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; 
        - chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
        - eski bo'linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo'linma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta'minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish;
        - etakchi xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish belgilanganligini bildirib o'tdi.

 

          Bundan tashqari boshqaruv raisi hozirgi kunda mamlakatda faoliyat ko'rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 364 ta aksiyadorlik jamiyati nochor va tugatilishi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi lozimligi, aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilganligi, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasiga O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, boshqa manfaatdor idoralar va aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari bilan hamkorlikda uch oy muddatda aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasini ularning tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda, namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirishni ta'minlashlari, davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini uch oy muddatda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va prinsiplari, menejment va marketingni, axborot-kommunikasiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni boshqarish tizimida qo'llay bilishi bo'yicha attestasiyadan o'tkazish, attestasiya yakunlari bo'yicha bo'shagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish choralarini ko'rishlari, aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash to'g'risidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo'lgan tanlov asosida qabul qilinishi va boshqalar xususida o'zining fikr-mulohazalarini bayon etdi.
          Yig'ilish kun tartibidagi masala yuzasidan muzokarada Respublika «DORI-DARMON» AK vakili I.Jabarov, jamiyat boshqaruvi raisi R.Qosimovlar mazkur farmon yuzasidan jamiyatda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.
          Ovoz berish natijalari:
                                        Yoqlab ovoz berganlar:         1 345 327 aksiya ovozi
                                        Qarshilar, betaraflar:            yo'q.
          Yig'ilish so'ngida jamiyatning boshqaruvchi organi a'zolari aksiyadorlar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. 

           Izoh: Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2015 yilning 13 iyun kuni o'tkazilib, yig'ilish bayoni 2015 yilning 20 iyun kuni tuzildi. 

Топ рейтинг www.uz            

Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.