Sayyor qabullar davom etmoqda

Chop kilish


        Ma’lumki, o’tgan yil dekabr oyida O’zbekiston Respublikasining
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi qonuni qabul qilingan edi.

Mazkur huquqiy xujjatning kuchga kiritilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo’shimcha kafolatlarini belgilab berdi. SHu bilan birga, davlat organlarining ushbu sohadagi ishini sifat jihatidan yuqori darajaga ko’tarishga huquqiy zamin yaratdi.

Shuni ham aytish kerakki, ushbu qonunni qabul qilinishi fuqarolarning davlat organlariga murojaat etish tartibini yanada takomillashtirishda muhim omil bo’ldi. Qonun bilan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solindi. Ushbu sohadagi qonunbuzilishi uchun javobgarlik belgilanib, davlat organlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish tartibi aniqlashtirildi.

Mazkur qonun ijrosi mamlakatimizdagi barcha davlat idoralarida bo’lgani kabi «Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasi tizimi uchun ham eng muhim masalalardan biri sifatida qabul qilindi. Ayni paytda kompaniya rahbariyati tomonidan shu yilning birinchi yarim yilligi uchun reja ishlab chiqildi. Unga ko’ra, shu kunlarda kompaniya mas’ullari mamlakatimizning barcha hududlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish tadbirlarini boshlab yubordilar.

Ushbu muloqotlarda farmatsevtika faoliyatiga taalluqli masalalar bosh mavzu bo’lmoqda.Yaqinda ushbu qonun ijrosi bo’yicha Andijon shahri, Surxandaryo viloyati, Qiziriq tumani va Jizzax viloyati, Baxmal tumani xamda Toshkent viloyati, Parkent tumanida kompaniyaning mas’ul rahbarlari, viloyatlardagi «Dori-darmon» jamiyatlarining rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kompaniya hamda uning tizimidagi dorixona muassasalari faoliyatiga taaluqli turli murojaatlari bo’yicha sayyor qabul o’tkazildi. Qabullar vaqtida ko’plab murojaatlar tushdi. Ularga mutaxassislar tomonidan to’liq javoblar berildi.

O’tkazilgan sayyor qabul bo’yicha ma’lumotlar doimiy ravishda kompaniyaning rasmiy veb-saytiga kiritib borilmoqda.

Yaqinda «Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasining kengaytirilgan yig’ilishida joylarda o’tkazilgan ushbu sayyor qabullarda ko’tarilgan masalalar muhokama qilinib,istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

Shu kunlarda kompaniya tomonidan sayyor qabullar davom etmoqda.Mazkur qonun ijrosi yuzasidan o’tkazilayotgan o’zaro muloqotlar jadvali kompaniya tarkibidagi barcha aktsiyadorlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga yetkazildi. “Dori-darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi mazkur qonunga ko’ra, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalida qabul vaqti va joyini aniq ko’rsatib, qabulga oldindan yozilish to’g’risidagi axborotlarni e’lon qilmoqda. Bunday jadval ma’muriy binoning hamma ko’rishi mumkin bo’lgan joylariga joylashtirildi. Qabul qilish tartibi kompaniyaning rasmiy veb-saytida ham e’lon qilinmoqda.

manba: doridarmon.uz

Топ рейтинг www.uz            

Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.