Yagоnа intеrаktiv dаvlаt хizmаtlаri pоrtаligа «dori-darmon» AK interaktiv xizmati intеgrаtsiya qilindi

Chop kilish

Faoliyat sohasini kengaytirish va taqdim etilayotgan xizmatlar sonini oshirish uchun

    Yagоnа intеrаktiv dаvlаt хizmаtlаri pоrtаli saytida (quyida YaIDXP) «DORI-DARMON» AK tomonidan «DORI-DARMON» dorixonalari tarmog’ida mavjud dori vositalar to’g’risida ma’lumotlarni izlash va olish («Internet-dorixona») xizmati ishga tushirildi. Interaktiv xizmat quyidagilar to’g’risida zarur ma’lumotlarni on-layn rejimida topish imkoniyatini beradi:

- dori vositalar va tibbiy maqsadli buyumlar mavjudligi va ularning narxlari:

- dorixonalar manzili, telefon raqamlari va joylashuvi.

   Xizmatdan foydalanish uchun YaIDXP saytida ro’yxatdan o’tib, so’rovnoma shaklini to’ldirish kerak, unda dori vositalar va tibbiy maqsadli buyumlar nomlanishi, mintaqa va tuman ko’rsatiladi.

Eslatib o’tamiz, 25 dekabr 2013 yilda «Dori - Darmon» AK sayti asosida ishlovchi «Internet-dorixona» xizmati ishga tushirilgan. U kompaniya tomonidan dorixona tarmog’i orqali sotilayotgan dori vositalarining onlayn rejimda ishlovchi axborot izlovchisidir. Hоzirgi kundа «Internet-dorixona» xizmati kompaniyaning interaktiv xizmati bo’lib, foydalanuvchi interfeysi nuqtai nazaridan foydalanish samarasini va qulayligini oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarini qo’llashni taklif etadi, interfeysning ijobiy qabul qilinishini ta’minlaydi, hamda tizim foydalanuvchilarining vaqtini tejash imkoniyatini yaratadi.

Manba: doridarmon.uz

 

Топ рейтинг www.uz            

Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.