“Dori-Darmon” AK: Identifikatsiya ma'lumotlari endi xarid chekida

Chop kilish

 

  2017-04-18

Xabaringiz bor, joriy yilning 14 fevralida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolangan edi. Mazkur huquqiy hujjatda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq qator ustuvor masalalar belgilab berildi. 

Ana shu talab va vazifalardan kelib chiqqan holda bugungi rivojlangan kommunikatsiya texnologiyalarini farmatsevtika yo‘nalishiga keng joriy qilish maqsadida “Dori-darmon” AK tizimida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, kompaniya tarkibidagi barcha dorixonalar to‘liq kompyuterlashtirildi. Shu bilan birga, ular faoliyati “M-Apteka plyus” ERP tizimi orqali avtomatlashtirildi.Qolaversa, dorixonlar va kompaniya o‘rtasidagi ma’lumot almashuvini tashkil qilish maqsadida yagona himoyalangan korporativ tarmoqning tashkil etilgani ham iste’molchilarga qulaylik yaratib bermoqda. 

Bundan tashqari, “Dori-Darmon” AK tomonidan joriy qilingan avtomatlashtirilgan axborot tizimi Kompaniya va “O‘zbekiston Dori-Ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibidagi barcha dorixonalarga tovar cheki beruvchi qurilmalar o‘rnatilib, ishga tushirildi.

ERP tizimi orqali Kompaniya tizimidagi mavjud 172 ta dorixonalar tomonidan dori vositalarini xarid qiluvchilariga identifikatsiya ma’lumotlari, ya’ni dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, dozasi, qadoqlash miqdori, ularni beruvchi shaxsga oid ma’umot, harid qilingan sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheklarining taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bunday cheklar, avvalo, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ular orqali dori vositalarining belgilangan narxdan oshishi, sifatsiz vositalarning sotilishi kabi qator salbiy holatlarning oldi olinadi. 

Ayni kunlarda mazkur tizimning ishonchli va qulayliligini hisobga olgan holda, Kompaniya tizimidagi hududiy aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tarkibidagi dorixonalarga ham ana shunday tovar cheklarini beruvchi qurilmalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 

 Manba: "Dori-Farmon" AK matbuot xizmati

Топ рейтинг www.uz            

Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.