Chop kilish

PQ-2647-sonli qaror bo'yicha seminar o'tkazildi 

“Namangan Dori-Darmon” AJ ning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Axolini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-2647-sonli qarori va unda belgilangan talab va vazifalarni keng va chuqur tahlil qilish maqsadida 16 yanvar 2017 yilda barcha dorixona, dorixona shaxobchalari mudrlari va mutahassislar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Yig'ilish avvalida jamiyat boshqaruv raisi v.v.b A.Ismanov so'z olib, yig'ilish qatnashchilariga PQ-2647-sonli qarorni axamiyati va moxiyati to'g'risida gapirib o'tdi. Shundan so'ng yuqoridagi qarorni muxokamasi bo'yicha jamiyat tashkiliy bo'limi boshlig'i R.To'ychiev so'z olib, qarorni to'liq taxlil qilib berdi. Qarorga asosan belgilangan ulgurji va chakana (fiksirvonnыy) narxlardan oshmasligiga qat'iy amal qilish, dorixonalarda bo'lishi majburiy bo'lgan dori-vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasini xozirdan to'ldirib borish (Sog'liqni saqlash vazirligining 2016 yil 21 noyabrdagi 71-sonli buyrug'i, Adliya vazirligida 2016 yil 6 dekabrda 2846 raqami bilan ro'yxatga olingan). Vitrinalarda faqat Sog'liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 noyabrdagi 72-sonli buyrug'i “Shifokorlar reseptisiz sotiladigan dori vositalarini ro'yxatida ko'rsatilgan dori vositalarini terish mumkinligini ko'rsatib o'tildi.

  2017-01-18 Jamiyat matbuot xizmati.

Топ рейтинг www.uz            

Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.