Mangulikka muxrlangan hayot

Chop kilish

Namangan viloyatining  barcha tuman va shaharlarida

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan motam tadbirlari bo’lmoqda.

Kecha boshlangan motam tadbirlari tun bo’yi davom etdi. Bugun erta tongda yana  viloyatdagi tashikilot, korxona, muassasalarda ishlovchilar, yoshlar vakillari Namangan shahridagi «Xotira» xiyoboniga yig’ildilar. Marosimda viloyat hokimi X. Bozarov, viloyat prokrori B.Umarov, viloyai IIB boshlig’i A. Toshpo’latov va viloyat hokimining barcha o’rinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar vakillari va Namangan ahli ishtirok etdi. Yurtboshimiz loyihalari asosida qad rostlagan xotira maydonida o’rnatilgan Islom Karimovning siymosi muxrlangan portret poyiga gul – chambarlar qo’yishdi.

Bu qutlug’ go’shada Ona xalqining tinch va totuv hayot kechirishi, ularning baxt manzillariga eltish yo’lida aziz jonini fido aylagan, muqaddas umrini baxsh etgan ulug’ inson xotirasiga extirom ko’rsatilib, sukut saqlandi. Qalbdan aytilgan gaplar qalblarga muxrlanadi. U kishining «Men pok niyatli Namangan ahlining mehnat – shijoatiga  doimo  chuqur hurmat bilan qarayman!», “Ta’bir joiz bo’lsa quyosh avvalo Namangandan nur taratadi” degan tashbehlari dillardan tillarga ko’chdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Angren-Pop” elektrlashtirilgan poezdi  harakati  yo’lga qo’yildi. Avtomagistral yo’llar, yangi-yangi namunaviy turar-joylar, ko’p qavatli osmono’par  binolar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, yengil sanoat, kichik biznes shohobchalari xalqimiz farovonligidan so’zlamoqda.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov yuqoridagi fikrlarni bayon etar ekan, Yurtboshimizning mamlakatni 2030 yilgacha bo’lgan tarqqiyot dasturini belgilab berganliklari, xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa  bir necha yillik vazifalar  mas’uliyati to’g’risida jonkuyarlik bilan topshiriq berganliklarini ham ta’kidlab o’tdi. Shuningdek,  u Samarqand shahrida bo’lib o’tgan dafn marosimida xorijiy davlat va hukumat rahbarlarining Yurtboshimizdek uzoqni ko’ra oladigan davlat va jamoat arbobi har qancha izzat-ikromga munosibligini aytganliklarini  ta’kidladi. 

Marosimda so’zga chiqqanlar - O’zbekiston Qahramoni Halchaxon Mirzaeva, sanoat faxriysi Abdurashid Ubaydullaev, prokuratura fahriysi Abdusattor Iranov, patiya fahriysi Roza Kazakbaeva, shoir Ziyoviddin Mansurov, jurnalist Komiljon Fayzievlar Yurtboshimizning sohalarga otalarcha g’amxo’rligi to’g’risida to’lqinlarib gapirdilar.

Shundan so’ng barcha yilganlar Yurtboshimiz portreti poyiga gulchambarlar qo’yishdi.

Ayni vaqtda motam marosimlari davom etmoqda.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

 
Топ рейтинг www.uz            

Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.