“ICTEXPO-2016” ko’rgazmasi

Печать

 

Namanganda “ICTEXPO-2016” axborot kommunikatsiya texnologiyalari ko’rgazmasi boshlandi

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida an’anaviy “ICTExpo – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bir vaqtning o’zida Toshkent shahri va Namangan viloyatida bo’lib o’tgan ko’rgazmada Namangan, Farg’ona va Andijon viloyatlaridan 25 dan ziyod axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va  mahalliy dasturchilar ishtirok etishdi.

Ikkinchi bor Namanganda o’tkazilayotgan mazkur ko’rgazma yuqori texnologiyali mahsulotlar, xususan, dasturiy ta’minot, kompyuter texnikasi, mobilaloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim etish bilan bir qatorda “Elektron hukumat” bo’yicha amalga oshirilgan loyiha va texnologiyalarning namunalarini ham namoyish qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ko’rgazmaning tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda istiqlol yillarida O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tomonlaridan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, uni jamiyatning barcha jabhalariga tadbiq etishga alohida ahamiyat qaratib kelinayotgani ta’kidlandi.

Birgina, keyingi yillarida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, muhim dasturlar sohani yanada rivojlanishga xizmat qilmoqda.

Xususan, “Elektron hukumat to’g’risida” gi, “Elektron tijorat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda 2013 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi shular jumlasidandir.

Namangan viloyatida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan biri ekanligi tadbir davomida aytib o’tildi. 

Shundan kelib chiqqan holda, joriy yilning o’zida manzilli dasturga asosan umumiy qiymati qariyb 11 milliard so’mlik 47 istiqbolli loyiha amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish, tashkilotlarning hududiy bo’linmalarida AKTni joriy etish hamda axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda kadrlar malakasini oshirish  yo’nalishlaridagi ishlar izchillik bilan olib borilyapti.

Viloyatda bugungi kunda  ma’lumotlarni uzatish bo’yicha 6 provayder, 40 ta internet kafe faoliyat ko’rsatmoqda.

Hozirda Namanganda internetdan foydalanuvchilar soni qariyb 700 mingdan o’tdi. (mobil internetni qo’shgan holda)

Tadbirkorlarga 16 ta davlat xizmatlari ko’rsatish bo’yicha shahar va tuman hokimliklari huzurida “Yagona darcha” markazlari faoliyat olib bormoqda. Mazkur markazlar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar tadbirkorlarning uzog’ini yaqin qilmoqda.

Sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida yana to’xtaladigan bo’lsak nafaqat shahar markazlari, balkim qishloqlarda ham keng polosali internet tarmoqlari tortilmoqda.

Jumladan, “Namangan-Telekom” filiali tomonidan axolining 20 000 dan ortiq xonadonlariga yangi “ADSL” texnologiyasi asosida internet tarmog’iga ulash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi o’rtasida axborot almashinuvini yanada kengaytirish va mavjud tarmoqni zahiralash maqsadida Angren – Pop yo’nalishida 101 kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyasini qurish ishlari davom etmoqda. 

ZiuoNET milliy axborot resurslari tarmog’idan  foydalanishning jamoaviy uzel-larini yaratish maqsadida Perfektum mobayl-("RWC") qo’shma korxonasi, "East Telecom" MCHJ,  “O’zmobayl” filiali tomonidan viloyatdagi 685 ta maktab, 108 ta kollej hamda 10 akademik litsey, 3 ta oliy ta’lim muassasalari “ZiyoNET” axborot tarmog’iga bepul ulandi va to’la ishga tushirildi.

Oliy ta’lim muassasalarida bu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ham tahsinga sazovor.

Jumladan, Namangan muhhandislik pedagogika institutida ilmiy-texnika dasturi doirasida zamonaviy axborot tex-nologiyalarini qo’llagan holda 398 million so’mlik 7 ta grant bajarilmoqda. Misol uchun yirik suv inshootlarini seysmik mustahkamligini hisoblashda dastur ishlab chiqildi va Respublika Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnoma olindi.

Ko’rgazma davomida Namangan va Toshkent shahri o’rtasida telemuloqot ham tashkil etildi.

Ko’rgazmaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining birinchi o’rinbosari O’.Ergashev ishtirok etdi.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati

Топ рейтинг www.uz            

Адрес: 160100, Наманганская о., г. Наманган, ул. Усман Насыр, д. 12
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Ответственный за Информационной службой сайта: Маруфхонов Миржалол Аъзамхон угли Тел: +99893 915-75-76

Акционерная общество “Наманган Дори-Дармон” При полном или частичном использовании и цитировании материалов,
опубликованных на данном сайте, ссылка на официальный сайт АО “Наманган Дори-Дармон ” обязательна.