Vatan uchun bahshida umr

Печать

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, davlat arbobi,

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, davlat arbobi, o’zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug’anievich Karimov o’zining xalq tinchligi, farovon hayot kechirish yo’lidagi jasorati, matonati ila, jahon ahlining, ayniqsa, har bir o’zbek farzandining qalbida yorqin iz qoldirdi.

Tarixan g’oyat qisqa muddat ichida o’z qudratini namoish etaolgan, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin egallashi, Ona Vatanimizning obod va ozodligi uchun aziz jonini, oromini, muqaddas umrini fido etgan ulug’ salohiyat sohibi, so’nmas siymo, Islom Abdug’anievichning porloq xotirasiga bag’ishlab Namangan viloyatida ko’plab marosimlar o’tkazilmoqda.

Viloyatdagi barcha xotira hiyobonlari, tashkilot, korxona va muassasalariga yurtboshimiz siymolari aks etgan portretlar o’rnatilib, atrofi gullar bilan to’ldirildi.

O’tkazilayotgan marosimlarda bu ulug’ inson ruhi-pokiga yuksak extirom ko’rsatildi.

Bugun viloyatning shahar va barcha tumanlarida yurtboshimizning yorqin xotirasiga bag’ishlab ehson tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Namangan shahridagi “Bog’i eram”, 26-sonli mehribonlik uyi va 6-sonli nogiron bolalar uyi, Qariyalar muruvvat uyida bir ming uch yuz nafarga yaqin yurtdoshlarimizga, Mingbuloq tumanining “Shodiyona” majmuasida 600 nafar, Kosonsoy tumanining M.A’zam majmuasida 500 nafar, Namangan tumanida joylashgan “Sarbon” majmuasida 700 nafar, Norin tumanidagi “Xon” majmuasida 500 nafar, Pop tumanidagi Bolalar va o’smirlar sport maktabi va Sahovat uyida jami 1900 nafar, To’raqo’rg’on tumanidagi “Bunyodkor” majmuasida 600 nafar, viloyat ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida 750 nafar, Uychi tumanida joylashgan “Maxmudjon ota” majmuasida 600 nafar, Uchqo’rg’on tumanidagi “Oromgoh” majmuasida 800 nafar, Chortoq tumanining “Oromgoh” majmuasida 800 nafar, Chust tumanidagi “M.Lutfulloh” madaniyat va istirohat bog’ida 1000 nafar hamda Yangiqo’rg’on tumanida “CD” majmuasida 1000 nafar, jami 11 mingdan ziyodhamyurtlarimiz uchun ehson qilindi.

Huddi shunday tadbir Namangan markazidagi “Shodiyona” majmuasida ham viloyat hokimligi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirga yig’ilgan 1500 nafar hamyurtlarimiz birinchi Yo’lboshchimiz siymosi muhrlangan portret qoshida ta’zim bajo keltirib, sukut saqlab, gulchambarlar qo’ydilar.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

 


 

Топ рейтинг www.uz            

Адрес: 160100, Наманганская о., г. Наманган, ул. Усман Насыр, д. 12
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Ответственный за Информационной службой сайта: Маруфхонов Миржалол Аъзамхон угли Тел: +99893 915-75-76

Акционерная общество “Наманган Дори-Дармон” При полном или частичном использовании и цитировании материалов,
опубликованных на данном сайте, ссылка на официальный сайт АО “Наманган Дори-Дармон ” обязательна.