«Наманган Дори-Дармон» акционерное общество
О вашем здоровье с любовью и заботой...
Телефон доверия: (0-369 227-20-30)
Понедельник-пятница с 08:00 до17:00
ИНФОРМАЦИЯ ПО ПРИНЦИПУ «COMPLY OR EXPLAIN»
“Наманган Дори-дармон” объявляет конкурс на пост главного директора АО
Объявление
Mangulikka muxrlangan hayot
2016-09-04 Namangan viloyatining barcha tuman va shaharlarida
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan motam tadbirlari bo’lmoqda.
Kecha boshlangan motam tadbirlari tun bo’yi davom etdi. Bugun erta tongda yana viloyatdagi tashikilot, korxona, muassasalarda ishlovchilar, yoshlar vakillari Namangan shahridagi «Xotira» xiyoboniga yig’ildilar. Marosimda viloyat hokimi X. Bozarov, viloyat prokrori B.Umarov, viloyai IIB boshlig’i A. Toshpo’latov va viloyat hokimining barcha o’rinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar vakillari va Namangan ahli ishtirok etdi. Yurtboshimiz loyihalari asosida qad rostlagan xotira maydonida o’rnatilgan Islom Karimovning siymosi muxrlangan portret poyiga gul – chambarlar qo’yishdi.
Bu qutlug’ go’shada Ona xalqining tinch va totuv hayot kechirishi, ularning baxt manzillariga eltish yo’lida aziz jonini fido aylagan, muqaddas umrini baxsh etgan ulug’ inson xotirasiga extirom ko’rsatilib, sukut saqlandi. Qalbdan aytilgan gaplar qalblarga muxrlanadi. U kishining «Men pok niyatli Namangan ahlining mehnat – shijoatiga doimo chuqur hurmat bilan qarayman!», “Ta’bir joiz bo’lsa quyosh avvalo Namangandan nur taratadi” degan tashbehlari dillardan tillarga ko’chdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Angren-Pop” elektrlashtirilgan poezdi harakati yo’lga qo’yildi. Avtomagistral yo’llar, yangi-yangi namunaviy turar-joylar, ko’p qavatli osmono’par binolar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, yengil sanoat, kichik biznes shohobchalari xalqimiz farovonligidan so’zlamoqda.
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov yuqoridagi fikrlarni bayon etar ekan, Yurtboshimizning mamlakatni 2030 yilgacha bo’lgan tarqqiyot dasturini belgilab berganliklari, xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa bir necha yillik vazifalar mas’uliyati to’g’risida jonkuyarlik bilan topshiriq berganliklarini ham ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, u Samarqand shahrida bo’lib o’tgan dafn marosimida xorijiy davlat va hukumat rahbarlarining Yurtboshimizdek uzoqni ko’ra oladigan davlat va jamoat arbobi har qancha izzat-ikromga munosibligini aytganliklarini ta’kidladi.
Marosimda so’zga chiqqanlar - O’zbekiston Qahramoni Halchaxon Mirzaeva, sanoat faxriysi Abdurashid Ubaydullaev, prokuratura fahriysi Abdusattor Iranov, patiya fahriysi Roza Kazakbaeva, shoir Ziyoviddin Mansurov, jurnalist Komiljon Fayzievlar Yurtboshimizning sohalarga otalarcha g’amxo’rligi to’g’risida to’lqinlarib gapirdilar.
Shundan so’ng barcha yilganlar Yurtboshimiz portreti poyiga gulchambarlar qo’yishdi.
Ayni vaqtda motam marosimlari davom etmoqda.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati
Адрес: 160100, Наманганская о., г. Наманган, ул. Усман Насыр, д. 12
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Ответственный за Информационной службой сайта: Маруфхонов Миржалол Аъзамхон угли Тел: +99893 915-75-76
Акционерная общество “Наманган Дори-Дармон” При полном или частичном использовании и цитировании материалов,
опубликованных на данном сайте, ссылка на официальный сайт АО “Наманган Дори-Дармон ” обязательна.