Yer yuzida urush bo‘lmasin!

Chop kilish

 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Namangan viloyatida ham Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va mehnat fronti faxriylarining holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berilmoqda, sovg‘alar topshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bunday saxovat tadbirlaridan nuroniylar mamnun.

“Namangan Dori-Darmon” AJ rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi – Namangan tumani, Xonabod QFY, Mallahovuz MFYda yashovchi Abdusalom ota Rahmonov xonadonida bo‘lib, sanatoriyaga yo‘llanma zarurligi aniqlanib, buning amaliy choralari ko‘rilmoqda.

– Qo‘limga qurol olib, urushga kirganimda 17 yoshli yigit edim, – deydi Abdusalom ota. – E, shu yoshimda ayovsiz janglarda qanday dahshatlarni ko‘rmadim. Urushda avvalo ota-onam, yaqinlarim, qishlog‘imni ko‘z oldimga keltirar edim. Bir jangda butun batalondan faqat 4 kishigina tirik qolganmiz. Hozir ham eslasam, ko‘zim o‘z-o‘zidan yoshga to‘ladi. Turli yurtlardan kelgan navqiron yigitlar edi. Yaratganga shukr, bizga shunday dorilomon kunlarni ko‘rish nasib etdi. Ilohim tinchligimizga ko‘z tegmasin, yer yuzida urush bo‘lmasin!

   2017-04-24 Jamiyat matbuot xizmati.